Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston 5G tarmog‘iga ega mamlakatlar qatoriga qo‘shilmoqda (video+foto)

O‘zbekiston 5G tarmog‘iga ega mamlakatlar qatoriga qo‘shilmoqda (video+foto)

Foto: «Xabar.uz»

Xabar berganimizdek, AKT haftaligi doirasida 25-sentyabr kuni Toshkentdagi «O‘zekspomarkaz» milliy ko‘rgazmalar markazida an’anaviy «ICTEXPO» ko‘rgazmasi ochildi.

«ICTEXPO 2019» 25—27-sentyabr kunlari Toshkentda («O‘zekspomarkaz»  MKM) va Farg‘onada (TATU Farg‘ona filiali) bir paytning o‘zida bo‘lib o‘tmoqda. 

Tantanali ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov «O‘zbektelekom» AK stendida tashkil etilgan videokonferensaloqa orqali Farg‘onadagi «ICTEXPO» ko‘rgazmasi qatnashchilari bilan muloqot qildi.

Soha rahbari hamda haftalik mehmonlari: Belarus Respublikasi aloqa va axborotlashtirish vaziri Konstantin Shulgan, Amiti universiteti prezidenti Atul Chauxan, ASHH ijroiya qo‘mitasi bosh direktori Nurudin Muhitdinovlar ko‘rgazma stendlari bilan tanishib chiqishdi.

«ICTEXPO 2019»da mamlakatimiz kompaniyalari bilan bir qatorda xorij kompaniyalari ham o‘z xizmat va texnologiyalarini taqdim etdi.

Bu yilgi ko‘rgazmaning bosh mavzusi — 5G standartidagi mobil aloqa. Ha, O‘zbekistonga ham 5G kirib kelmoqda. Yurtimizda faoliyat yurituvchi ikki mobil operatorimiz, shuningdek, «Huawei» kompaniyasi stendini kuzatgan tashrif buyuruvchilar 5G standartidagi telefon apparatlari, 1 Gbit/soniyadan yuqori tezlikka ega tarmoq imkoniyatlari haqida va boshqa ko‘plab yangiliklarga ega bo‘lishmoqda.

Ko‘rgazmaga keluvchilar yetakchi telekommunikatsiya operatorlari, yoritish va elektr jihozlarini etkazib beruvchilari va ishlab chiqaruvchilari, mobil telefon ishlab chiqaruvchilari, axborot portallari va internet-do‘konlari, davlat idoralari, soha ta’lim muassasalari va boshqalarning axborot texnologiyalari va xizmatlari yo‘nalishidagi eng so‘nggi yangiliklari va ishlanmalari bilan bevosita tanishdilar.

Ko‘rgazmaning dastlabki ikki kuni — 25 va 26-sentyabr kunlari B2B formatida — ishbilarmonlar uchun, uchinchi kuni — 27-sentyabrda B2C formatida — foydalanuvchilarga bag‘ishlandi.

27-sentyabr sanasiga qadar davom etadigan «ICTEXPO-2019» ko‘rgazmasidan reportajlarimiz davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring