Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbek kinosi rejissyorlaridan biri firibgarlikda ayblanmoqda (video)

O‘zbek kinosi rejissyorlaridan biri firibgarlikda ayblanmoqda (video)

Videolavhadan skrinshot.

U bir guruh yoshlarni mashhur qilaman deb chuv tushirdi. Samarqandda navbatdagi filmi uchun kasting e’lon qilib, aktyorlikka da’vogarlardan firibgarlik yo‘li bilan pullar oladi, deyiladi «Zamon» informatsion dasturida berilgan videolavhada.

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida tug‘ilgan, «Yaralangan qalb» va «Taqdir sinovi» filmlari rejissyori R.R. Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumani Juma shahridagi madaniyat saroyida «Qabr» o‘tkir syujetli filmi uchun kinokasting e’lon qilib, aktyorlikka da’vogarlar bilan uchrashadi va ulardan pul oladi. Buning evaziga ularga kinoda rol ajratishga va’da qiladi va pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuboradi.

Gumondor bu harakatini davom ettirib, Bobur ismli yigitga o‘sha filmda bosh rolni ijro etishini aytib, evaziga 900 AQSh dollarini oladi. Bu vaqtda Boburning mahalladoshi Shahzodga ham bosh rol va’da qiladi. Shuningdek, filmni Hindistonda suratga olishini aytib, undan jami 1200 AQSh dollarini qo‘lga kiritadi.

2018-yil 31-yanvar kuni rejissyorning navbatdagi «ssenariysi» amalga oshmay qoladi. U Shahzoddan qolgan 100 AQSh dollarini olayotgan vaqtda huquqni muhofaza qilish organlari vakillari tomonidan qo‘lga olinadi.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring