Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zavtosanoat» startap-loyihalar uchun tanlov e’lon qildi

«O‘zavtosanoat» startap-loyihalar uchun tanlov e’lon qildi

Foto: «Xabar.uz»

Siz yosh, iqtidorli va IT, E-Auto hamda Smart City sohasida ilg‘or g‘oyalarga egamisiz? Unda o‘zingizni ko‘rsatish uchun ajoyib imkoniyat yuzaga kelmoqda!

«O‘zavtosanoat» AJ UzAuto Market innovatsion platformada startap-loyihalar uchun tanlov e’lon qiladi.

Mukofot jamg‘armasi: 60 000 000 so‘m

Eng yaxshi uchta loyiha mualliflari quyidagicha rag‘batlantiriladi:

I o‘rin – 30 000 000 so‘m

II o‘rin – 20 000 000 so‘m

III o‘rin – 10 000 000 so‘m

«O‘zavtosanoat» loyihalarni saralash asnosida quyidagilarga e’tibor beradi — g‘oya real bo‘lishi, tijoriy jihatdan o‘zini oqlashi va ishlab chiqarishga joriy etish ehtimoli mavjud bo‘lishi lozim. Loyiha texnologiyasi foyda keltirishi, moliyaviy samarali bo‘lib — ishlab chiqarishda harajatni kamaytirishi, ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirishi va sotuvni oshirishi kerak.

Tanlovda ishtirok etish uchun elektron anketani to‘ldirish va maxsus forma yordamida loyihani yuborish lozim. O‘z g‘oyasini tayyor holatda, matn asosida taqdim etgan ishtirokchilarga katta e’tibor qaratiladi.

Barcha arizalar ichidan 20 ta eng yaxshi startap tanlab olinadi va ushbu g‘oya mualliflari o‘z loyihalari taqdimotini 31 oktyabrda amalga oshiradi. Taqdimot marosimi Toshkent shahri, Bektkmir tumani, Husayn Boyqaro ko‘chasi, 28a manzilida joylashgan UzAuto Market platformasida bo‘lib o‘tadi.

Loyihalar taqdimoti yakuniga ko‘ra ekspertlar qo‘mitasi uchta eng yaxshi o‘ylangan va istiqbolli startapni tanlab oladi. Ushbu loyihalar mualliflariga mukofotlar topshiriladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar 27 oktyabr, soat 00:00ga qadar qabul qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, UzAuto Market startap maydoni — O‘zbekistondagi birinchi va yagona o‘ziga hos loyiha bo‘lib, yosh iqtidorlarga avtomobil ishlab chiqarishdagi g‘oyalarini hayotga tadbiq etish imkoniyatini taqdim etadi. Platforma g‘oyadan biznesga mustaqil o‘tishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan ixtirochilarga yordam berib, nafaqat yurtimizdagi, balki xorijdagi yoshlarni birlashtiradi. Startap platforma — ixtirochilar, ishlab chiqaruvchi zavod va xaridorlar hamkorligining yangi ko‘rinishidir.

«O‘zavtosanoat» sizdan innovatsion g‘oyalar kutmoqda!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring