Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zavtosanoat» 2019 yilning eng yaxshi ish beruvchisi deb topildi

«O‘zavtosanoat» 2019 yilning eng yaxshi ish beruvchisi deb topildi

Foto: «O‘zavtosanoat» matbuot xizmati

«Eng yaxshi ish beruvchi – 2019» IV yillik tanlovida davlat kompaniyalari orasidagi «2019 yilning eng yaxshi ish beruvchisi» sovrini «O‘zavtosanoat» AJga topshirildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

«Talabalar orasida eng talabgir ish beruvchi» sovriniga davlat kompaniyalari orasida UzAuto Motors kompaniyasi sazovor bo‘ldi.

Foto: «O‘zavtosanoat» matbuot xizmati

Mazkur tanlov DaVinci Management Consulting kompaniyasi tomonidan har yili o‘tkazilib, davlat, mahalliy va xalqaro kompaniyalarga ularning O‘zbekistonda inson kapitalini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlaydi.

«O‘zavtosanoat» AJ 85 dan ortiq korxonani o‘z ichiga oladi. Ulardagi ishlab chiqarish jarayonlarida 27 ming nafardan ziyod ishchi faoliyat yuritadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring