Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ozarbayjonda mudhish YTHda 8 kishi halok bo‘ldi

Ozarbayjonda mudhish YTHda 8 kishi halok bo‘ldi

Foto: «Report.az»

Ozarbayjonda yo‘lovchi mikroavtobusi ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy «Report.az» nashri xabar berdi.

Masalli tumanida «Mercedes Vito» mikroavtobusi yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan. Noxush hodisa sakkiz kishining umriga zomin bo‘lgani aytilmoqda. Turli darajadagi jarohatlar olgan 24 yoshli ayol tuman markaziy shifoxonasi ranimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Halok bo‘lganlarning ikki nafari ayol, uch nafari erkak, uch nafari bolalar bo‘lgan.

Xabarga ko‘ra, mikroavtobusdagilar to‘yga ketishayotgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring