Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oyoq kiyimiga yashirilgan dollarlar fosh etildi

Oyoq kiyimiga yashirilgan dollarlar fosh etildi

Foto: Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

«Toshkent xalqaro aeroporti» chegara bojxona posti inspektorlari tomonidan xorijga uchib ketayotgan fuqaro G.O‘. o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkaziladi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Ko‘rik natijasida fuqaro tomonidan yozma deklaratsiyalangan 6640 AQSh dollaridan tashqari, uning yuklarida jismoniy shaxslar tomonidan yozma deklaratsiyalanishi lozim bo‘lgan ammo krossovka va choy paketi ichiga joylangan hamda shu tarzda bojxona nazoratidan yashirilgan 21 970 AQSh dollari borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring