Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ovqatdan oldin suv ichish ozishga olib keladimi?

Ovqatdan oldin suv ichish ozishga olib keladimi?

Foto: «Google.com»

Ba’zida ozish uchun ovqatlanishdan yarim soat oldin suv ichib olishni maslahat berishlarini eshitamiz. Shunda ochlik hissi chekinib, ko‘p taom yeyishdan tiyilish mumkin ekan.

Ammo bu maslahat har doim ham ish beravermaydi va buning hech qanday hayratlanarli joyi yo‘q. Boisi, suvda hech qanday kaloriya yo‘q va ko‘pincha ikki-uch stakan suvdan so‘ng ham dasturxonni «ship-shiydon» qilish holati kuzatilishi mumkin.

Shunday ekan, tushlikdan oldin turli soklardan tatib ko‘rish foydaliroq (tomat, oshqovoq, savzi), kechki ovqat oldidan esa quritilgan mevalardan tayyorlangan sharbat ayni muddao. Faqat bu sharbatlarga shakar qo‘shmaslik va qaynatilgan mevasini yemaslik tavsiya etiladi.

Nonushtadan oldin suv ichish esa darhaqiqat foydali. Boisi, inson tanasi tuni bilan suvsizlanadi. Yana organizm to‘liq uyg‘onishida ham suvning o‘rni katta.

Kun davomida imkon qadar 1,5 - 2 litr suyuqlik ichishga odatlaning.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring