Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Oskar uchun o‘zbek filmlaridan nomzodlar saralashi boshlandi

Oskar uchun o‘zbek filmlaridan nomzodlar saralashi boshlandi

O‘zbekiston Oskar qo‘mitasi 1-oktyabr kuni nufuzli «Oskar» kinomukofotining «Eng yaxshi xorijiy badiiy film» nominatsiyasiga o‘z nomzodini taklif qiladi. «Oskar»ning 92-taqdirlash marosimi 2020-yil 9-fevral kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadi.

Oskar qo‘mitasi dunyoning 90 davlatini o‘z ichiga oladi, endi ularning orasida O‘zbekiston ham bor. Bu qo‘mita Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tuzilgan va AQSh kinoakademiyasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Oskar qo‘mitasi saytida O‘zbekiston milliy filmlaridan arizalarni qabul qilish uchun reglament e’lon qilingan. Arizalar 27-avgustdan boshlanadi va Toshkent shahar, Muqimiy ko‘chasi, 8-uyda qabul qilinadi (dam olish va bayram kunlaridan tashqari).

12-sentyabrgacha qo‘mita filmlarni namoyish qilish bo‘yicha kinematograflarga konsultatsiyalar beradi. Tanlangan kinolar 13-14-sentyabr kuni ko‘rib chiqiladi. 16-sentyabrda esa nominatsiyaga munosib ko‘rilgan bitta film tanlanadi.

Saralashda to‘liq metrajli badiiy filmlar va 40 daqiqadan kam bo‘lmagan xronometrajlar qatnashadi. Eng muhimi, kinofilm ingliz tilida bo‘lmasligi kerak.

Shuningdek, nomzod film televideniye yoki internetda e’lon qilinmagan bo‘lishi, DVD sifatida tarqatilmasligi talab etiladi. Kinotanlovlarda qatnashgan kartinalar inobatga olinadi.

Film 2018-yil 1-oktyabrdan 2019-yil 30-sentyabrga qadar prokatga chiqarilgan bo‘lishi kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring