Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Onkologiya markazida qanday o‘zgarishlar bo‘ldi? (video)

Ilgari bu markazga yaqinlashib bo‘lmasligidan ko‘p shikoyatlar tushardi. Eshik yoniga o‘rnashib olgan ikkita oq xalatli sanitar «qo‘riqchilar» har qanday «taktikani» qo‘llasang-da pinagini buzmay, «mumkin emas» deb yo‘lni to‘sib olib, «o‘lyapsanmi-qolyapsanmi» ishi ham yo‘q edi. Turnaqator navbatni, o‘tirishga joy topolmay, devor yoki to‘siqlarga suyangan, ezilgan chehralarni ko‘rib «Nima, hamma saratonga chalinib qolganmi?» deb qo‘rqib ketarding…

Yaqinda ish yuzasidan shu tomonlarga yo‘lim tushib, ancha o‘zgarishlar qilinganiga guvoh bo‘ldim. Avvalgi dilni xira torttiruvchi tor va nuragan qabul eshigi o‘rnini bugun keng va yorug‘ kutish xonasi egallabdi. Bu yerda yaratilgan qulay sharoitlar bemorlar ruhiyatiga ham ko‘chgan ko‘rinadi, hech birini xasta deb o‘ylamaysan. Kutish xonasidagi bo‘sh o‘rindiqlar esa «Hayriyat, kasallar ancha kamayibdi» degan hisni beradi…

Respublikamizda ko‘zga ko‘ringan markazning tashqi o‘zgarishlaridan quvona turib, jurnalist emasmanmi, darrov ichki yangiliklari haqida ham bilishga qiziqdim. Va navbatdagi intervyuni tayyorlash uchun texnik xodimlar bilan birga Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga yo‘l oldik…

Markaz direktori muovini, onkoginekolog, tibbiyot fanlari nomzodi Odiljon Ahmedov bilan bo‘lgan suhbatimizni video orqali ko‘rishingiz mumkin.

Shohida Isroilova suhbatlashdi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring