Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari va Oliy sud raisi ommaviy qabullar o‘tkazadi (jadval)

Prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari va Oliy sud raisi ommaviy qabullar o‘tkazadi (jadval)

Fuqarolarning sud-huquq sohasidagi murojaatlariga samarali yechim topish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Prezident Xalq qabulxonalari, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi hamda Davlat bojxona qo‘mitasi rahbar xodimlari ishtirokida joylarda ommaviy qabullar tashkil etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Islomov va Oliy sud raisi Kozimjon Komilov rahbarligidagi ishchi guruhlar joriy yilning mart-iyul oylari davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib, murojaatchilar bilan muloqot o‘tkazishadi.

Ommaviy qabullar navbati bilan har bir hududda o‘tkaziladi. Dastlabki manzillar – Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Islomov rahbarligidagi ishchi guruhi joriy yilning 3-6 mart kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Oliy sud raisi Kozimjon Komilov rahbarligidagi ishchi guruhi 4-6 mart kunlari Xorazm viloyatida ish olib boradi.

Ommaviy qabullar o‘tkaziladigan manzil va sanalar bilan quyida keltirilgan jadval orqali tanishish mumkin.

Keyingi ommaviy qabullar haqida oldindan ma’lum qilinadi. Qo‘shimcha ma’lumotlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hududlardagi Xalq qabulxonalariga murojaat qilish mumkin.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring