Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ombudsman IIBning reabilitatsiya markazlariga moneliksiz kirish huquqiga ega bo‘ldi

Ombudsman IIBning reabilitatsiya markazlariga moneliksiz kirish huquqiga ega bo‘ldi

Foto: «iibb.uz»

Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi (313-son, 14.04.2019-y.) Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qonunchilikka muvofiq, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlariga moneliksiz kirish huquqiga ega.

Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi vakili ham reabilitatsiya qilish markazlariga moneliksiz kirish huquqiga ega bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, reabilitatsiya markazi bu muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni ularning shaxsi aniqlangungacha ma’muriy sudning ajrimi asosida o‘ttiz sutkadan ko‘p bo‘lmagan muddatga saqlab turish va reabilitatsiya qilish uchun mo‘ljallangan ichki ishlar organlari tizimidagi davlat muassasasidir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring