Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olmaliqdagi koloniyadan qochgan mahkum Toshkentda IIB xodimiga «hujum qildi»

Olmaliqdagi koloniyadan qochgan mahkum Toshkentda IIB xodimiga «hujum qildi»

Foto: «interpress.uz»

Toshkent viloyatining Olmaliq shahridagi 49-sonli manzil koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan O.Mirzaolimov (1975-y.t.) shu yilning 30 oktyabr kuni qochib ketgandi. U bu ishini Ohangarondagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanish paytida amalga oshirgan.

Oradan bir kun o‘tib, mahkum  poytaxtning Yashnobod tumani hududida yurgani aniqlanadi. Uni ushlash chorasi yuzasidan o‘tkazilgan tadbirda O.Mirzaolimov IIB xodimi F.Ergashevga (1991-y.t.) faol qarshilik ko‘rsatib, kuch ishlatishi natijasida tan jarohati yetkazadi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, holat bo‘yicha Yashnobod tuman prokuraturasi tomonidan S.Mirzaolimovga nisbatan JKning 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring