Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oliy sud: FIB sudlov hay’ati ko‘rgan har ikki ishning bittasida sud qarori bekor qilingan

Oliy sud: FIB sudlov hay’ati ko‘rgan har ikki ishning bittasida sud qarori bekor qilingan

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 2019-yilning birinchi choragida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ko‘rib chiqilgan ishlar yuzasidan  axborot berildi.

Oliy sud matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan uch oyida  44 180 ta fuqarolik-huquqiy munosabatlarga doir ishlar ko‘rib chiqilgan. Bu ko‘rsatkich 2018-yilning shu davriga nisbatan 22,2 foizga kamaygani aytiladi. Bundan tashqari o‘tgan davrda 22 mlrd. so‘mdan ziyod majburiy to‘lovlarni undirish haqida 20 160 ta sud buyrug‘i chiqarilgani ham ta’kidlanadi. Ushbu ko‘rsatkichlar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan summa bo‘yicha 74,8 foizga, sud buyruqlari soni bo‘yicha esa 80,1 foizga kam demakdir.

Axborotda fuqarolik sudlariga murojaat qilgan aksariyat da’vogarning murodi hosil bo‘lganini ham ilg‘ash mumkin: ko‘rib chiqilgan fuqarolik ishlarining  38 104 tasida da’vo talablari qanoatlantirilgan. Bu sudlarga kiritilgan da’vo-arizalarining 86,2 foizdan ortig‘ini tashkil etadi. Sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqilgan ishlar ham salmoqli: 16 612 ta!

Yana bir e’tiborli holatki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan nazorat tartibida 257 ta ish ko‘rib chiqilibdi. Unda quyi sudlar tomonidan chiqarilgan 98 ta qaror bekor qilib, 41 ta sud hujjatlari o‘zgartirilgan. Mazkur raqamlar oliy sud organining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida ko‘rilgan har ikkita ishning bittasi (bo‘yicha chiqarilgan qarorlar) «brak»ka chiqayotganini anglatadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring