Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Olimpiada umidi so‘ndi. O‘zbekiston uchinchi o‘rin uchun bahsda Avstraliyaga yutqazdi

Olimpiada umidi so‘ndi. O‘zbekiston uchinchi o‘rin uchun bahsda Avstraliyaga yutqazdi

Tailandda bo‘lib o‘tayotgan U-23 Osiyo chempionatining uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsida O‘zbekiston va Avstraliya bahs olib bordi.

Ushbu bahs g‘olibiga Tokio Olimpiadasiga yo‘llanmasi taqdim etilishi bois, uning ahamiyati finaldan qolishmas edi.

Uchrashuvning birinchi taymi jamoamiz ustunligida o‘tdi, ammo futbolchilar imkoniyatlardan foydalana olishmadi.

Avstraliyaliklar esa ikkinchi bo‘limni faollik bilan boshlashdi va bundan darhol foydalanishdi. 47-daqiqadayoq Niklos Dagistino futbolchilarimizni ketma-ket aldab o‘tib, hisobni ochdi.

Ikkinchi bo‘limda o‘yinni kuchaytirishga tushirilgan Oybek Bozorovning ko‘p o‘tmay qizil kartochka olishi terma jamoa ahvolini yanada og‘irlashtirdi.

Qolgan daqiqalarda Drulovich shogirdlari qancha urinishmasin, hisobni tenglashtira olishmadi.

Shu tariqa Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasi uchinchi o‘ringa ega chiqqan Avstraliya olimpiya termasiga nasib qildi.

Uchinchi o‘rin uchun bahs.

Avstraliya – O‘zbekiston 1:0

Gol: Nikolas D’Agostino (47).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring