Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimpiada g‘oliblariga esdalik nishonlari topshirildi (fotoreportaj)

Olimpiada g‘oliblariga esdalik nishonlari topshirildi (fotoreportaj)

Foto: «Olympic.uz»

Tokio-2020 qahramonlari «O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi» esdalik nishonlari bilan taqdirlanishdi, deya xabar tarqatdi olympic.uz sayti.

Xabaringiz bor, Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari qahramonlari yurtimizga qaytib kelishgach hurmatli Prezidentimiz tomonidan yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlangan edi. Bugun ular Eng ulug‘, eng aziz bayramimiz munosabati bilan «O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi» esdalik nishonlari bilan taqdirlanishdi. Tadbir MOQda bo‘lib o‘tdi. Unda Rustam Shoabdurahmonov boshchiligidagi Qo‘mita rahbariyati, sportchilarimiz va ularning murabbiylari, Bahodir Maxsitov boshchiligidagi sport faxriylari ham ishtirok etishdi.

Tadbirni MOQ rahbari ochib berdi va atletlarimizning Olimpiya o‘yinlarida qayd etgan g‘alabalarini yana bir bor yodga olib, barchani Mustaqillik bayrami bilan qutlab o‘tdi. Shundan so‘ng Qo‘mita rahbariyati, sportchi va murabbiylarga esdalik nishonlarini berildi. Unga ko‘ra,

MOQ raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov;

Boks bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Bahodir Jalolov va uning murabbiyi To‘lqin Qilichev;

Og‘ir atletika bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni va rekordchisi Akbar Jo‘rayev va uning murabbiyi Farhod Umrzoqov;

Taekvondo WT bo‘yicha Tokio-2020 chempioni Ulug‘bek Rashitov va uning murabbiyi Pavel Xan;

Erkin kurash bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiadasi bronza medali sohibi Bekzod Abdurahmonov va uning murabbiyi Muzaffar Abdurahmonov;

Dzyudo bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiadasi bronza medali sohibi Davlat Bobonov va uning murabbiyi Nurali Qobulovga «O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi» esdalik nishonlari topshirildi.

Tadbir yakunida Bahodir Maxsitov ham so‘z olib, sport hukumatimiz tomonidan doimo e’tibor markazida bo‘lib kelayotgani, sportchi va murabbiylarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar xususida gapirib, taqdirlanganlarni faxriylar kengashi nomidan qutlab o‘tdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring