Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Olimlar: atom energetikasining yana bir necha yillik umri qoldi

Olimlar: atom energetikasining yana bir necha yillik umri qoldi

Foto: «Bussines Insider»

Ekspertlar 2025-yilga borib qurilganiga 40 yil bo‘lib qolgan atom elektr stansiyalarining 75 foizi to‘xtatiladi, degan fikrdalar. «Bussines Insider» yozishicha, bu energetika bozorida jiddiy burilish bo‘lib, yuz minglab mutaxassislar mehnat qilayotgan butun boshli bir fanning umri tugab borayotganini anglatadi.

Oxirgi o‘n yilda AQShda beshta AES yopildi va ularning o‘rnini energetikaning boshqa turlari egallab oldi. AESlarning yopilishiga birinchi sabab iqtisod — gaz va ko‘mirda ishlovchi stansiyalarga xizmat ko‘rsatish atom elektr stansiyalarini qurish va ishlatishdan ko‘ra yaxshi foyda keltiryapti.

Ikkinchi sabab — qurilish xavfsizligi. AESni qurish o‘ta qimmatga tushishidan tashqari, avariya yuz bersa chinakam falokatga aylanadi.

Uchinchi sabab — atom energetikasiga salbiy qarashlar elektr energiyasini olishning ekologik toza turlari — quyosh fermalari yoki geotermal stansiyalarni qurishga rag‘bat uyg‘otmoqda va hozir bu jarayon butun dunyoda avj olib ketgan.

Olimlar, yuqorida sanalgan omillardan kelib chiqib, AESlar yaqin o‘n yilliklarda butunlay yo‘q bo‘lib ketishiga ishonishmoqda.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring