Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘likxona muzxonasida yetti soat yotgan murda «jonlandi»

O‘likxona muzxonasida yetti soat yotgan murda «jonlandi»

Foto: «News18.com»

Mototsikl urib yuborgan hindistonlik fuqaro o‘likxona muzxona kamerasida yetti soat yotgandan so‘ng «tirildi», deb xabar bermoqda News18.com nashri.

Payshanba kuni mamlakat shimolidagi Moradobod shahrida 40 yoshli elektrchi Shrikesh Kumarni mototsikl urib yuborgan. Erkak tuman shifoxonasiga yetkazilgan, shifokorlar uning o‘lganini qayd etishgan. Ertasi kuni muassasa xodimlari Kumarning jasadini muzlatgichga joylashgan.

Oila a’zolari uning shaxsini tasdiqlab, murdani yorib ko‘rishga rozi bo‘lgach – yetti soatdan keyin Kumarning kelini uning nafas olayotganini payqab qolgan.

«Tez yordam xodimi bemorni tekshirgan: uning yuragi urmayotgandi. U bu odamni bir necha bor tekshirdi. Shundan so‘ng vafot etgani ma’lum qilindi, ammo ertalab politsiya va oila a’zolari uni tirik deb e’lon qilishdi», – dedi Moradobod bosh tibbiy nazoratchisi, doktor Shiv Singx.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tekshiruv o‘tkazish buyurilgan. Endi shifokorlarning asosiy vazifasi uning hayotini saqlab qolishdir.

Kumar Meyerut tibbiyot markazida davolanmoqda, uning ahvoli ancha yaxshi. Kelini erkakning hali hushiga kelmaganini aytdi. Ayolning qo‘shimcha qilishicha, yaqinlari shifokorlarning e’tiborsizligi uchun shikoyat hozirlashmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring