Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oilaviy janjal bir necha yuz ming dollar yutuq keltirdi

Oilaviy janjal bir necha yuz ming dollar yutuq keltirdi

Foto: «Shutterstock»

Avstraliyada oilaviy janjal tufayli bir necha yuz ming dollarlik yutuq qo‘lga kiritildi.

G‘arbiy Avstraliyadagi Olbani shaharchasida muntazam ravishda lotoreya o‘ynaydigan oilalardan birida janjal kelib chiqdi. Shu tufayli er va xotin o‘zlari uchun alohida lotoreya bileti sotib olishga qaror qilishdi. Ular odatda birgalashib bitta bilet olishardi.

«Erim Saturday Lotto biletini sotib olganini ko‘rgandim. Keyin lotoreya natijalarini tekshirish uchun savdo markaziga bordim. Shu yerda Wednesday Lotto turganini ko‘rdim va sotib oldim. Odatda men bu lotoreyani o‘ynamayman», — deydi avstraliyalik ayol.

Mana shu tasodifan sotib olingan lotoreya biletiga 717,5 ming dollar yutuq chiqdi. Hozircha g‘oliblar yutuq pulini nimaga sarflashini ochiq aytmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring