Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

OChL. «Lokomotiv» alamli mag‘lubiyatga uchradi

OChL. «Lokomotiv» alamli mag‘lubiyatga uchradi

Foto: «the-afc.com»

Osiyo chempionlar ligasining «B» guruhidan o‘rin olgan Saudiya Arabistoning «Al-Ittihod» hamda Toshkentning «Lokomotiv» klublari o‘rtasidagi o‘yinda «temiryo‘lchilar» so‘nggi daqiqalarda ochkoni qo‘ldan chiqarishdi.

O‘yin 2:2 hisobida durang bilan yakunlanadigandek tuyulgan bir vaziyatda hakam 90+4-daqiqada Yovan Jokichning qo‘polligi sabab raqib darvozasiga penalti belgiladi va maydon egalari g‘alabani ilib ketishdi. Bu mag‘lubiyatdan so‘ng «Lokomotiv» hisobidagi ochkolar soni 3 taligicha qoldi va «temiryo‘lchilar» guruhda 4-o‘ringa tushib ketishdi.

OChL-2019. «V» guruhi. 3-tur

«Al-Ittihod» – «Lokomotiv» 3:2

Gollar: Nosir al-Shamroni (48, pen.), Fahad al-Muvallad (49, 90+4, pen.)  Jamshid Iskanderov (70), Rayevats (82).

Al-Ittihod: Assaf al-Qorniy, Abdulloh al-Umar, Yosin Barnavi, Ziyad al-Sahafi, Metyu Yurman, Abdurahmon al-G‘amdi (Fahad al-Muvallad, 33), Seku Sanogo, Holid al-Samiri, Nosir al-Shamroni, Abdulaziz al-Bishi, Essam al-Muvallad.

Lokomotiv: Javohir Ilyosov, Oleg Zoteyev, Igor Yelich, Islom To‘xtaxo‘jayev, Shuhrat Muhammadiyev (Davron Hoshimov, 52), Diyor Turopov (Jamshid Iskanderov, 69), Yovan Jokich, Arslanmurod Omonov, Sardor Mirzayev, Husniddin G‘ofurov, Temurxo‘ja Abduxoliqov (Filip Rayevats, 74).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring