Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ob-havoning keskin sovushi kutilmoqda

Ob-havoning keskin sovushi kutilmoqda

Foto:«Xabar.uz»

3-5-noyabrda O‘zbekistonga G‘arbiy Qozog‘iston orqali Ural hududi (Yekaterinburg)dan shakllangan sovuq va nam havo oqimi kirib keladi deya xabar bermoqda «O‘zgidromet».

3-noyabrda Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatining ayrim joylarida yomg‘ir yog‘adi.

4-noyabrda respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, ayrim joylarda esa kuchli yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor. Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

Shamol tezligi kuchayib, sekundiga 18-23 metrgacha yetadi, shiddat bilan esganda sekundiga 25-28 metrgacha yetishi mumkin.

4-5-noyabr kunlari esa respublika bo‘yicha havo harorati kechasi 0-5 darajagacha tushib ketadi, mamlakatimizning ayrim hududlarida harorat 1-2 darajagacha tushib ketib, ayoz kuzatilishi mumkin, kunduzgi harorat 8-13 daraja, yurtimizning shimoliy hududlarida harorat kechasi 3 daraja sovuqdan 2 darajagacha, kunduzi 3-8 darajagacha iliydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring