Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Norvegiya ulkan neft konini shoshilinch o‘zlashtirishga kirishdi

Norvegiya ulkan neft konini shoshilinch o‘zlashtirishga kirishdi

Foto: «Lundin-petroleum.com»

Shimoliy dengizdagi «Johan Sverdrup» ulkan neft koni muddatidan ikki oy avval ishga tushirildi, deyiladi «EurAsia Daily» xabarida.

Konning aniqlangan zaxirasi 2,7 mlrd. barrelga teng bo‘lib, Norvegiya qazib olayotgan neftning uchdan bir qismi — sutkasiga 660 ming barrel neft olinmoqda.

«5-oktyabr kuni «Equinor» va uning «Johan Sverdrup» bo‘yicha sheriklari — «Lundin Norway», «Petoro», «Aker BP hamda «Total» Shimoliy dengizdagi ushbu kondan muddatidan ikki oy avvalroq neft tortib olishni boshladi», — deyiladi «Equinor (sobiq «Statoil») kompaniyasi rasmiy xabarida.

Konni o‘zlashtirishning birinchi bosqichiga $ 9,09 mlrd. sarmoya sarflangan.

«Johan Sverdrup» — Norvegiya oxirgi 40 yilda ochgan va o‘zlashtirgan eng yirik neft koni.

Ta’kidlash o‘rinliki, Saudiya Arabistonidagi neftni qayta ishlash zavodlariga uyushtirilgan havo hujumlari oqibatida global bozorda tanqislik yuzaga kelgani norveglarni «temirni qizig‘ida bosish»ga undagan bo‘lishi ham mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring