Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Noqonuniy ov uchun qanday jazo choralari mavjud?

Noqonuniy ov uchun qanday jazo choralari mavjud?

Noqonuniy ov holatlari uchun qonunbuzarlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagining 90-moddasiga muvofiq ov qilish va baliq ovlash qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalari oddiy holatda buzilganida qanday jazo choralari qo‘llanilishi ma’lum qilindi. Bunday holatlarda fuqarolarga eng kam ish haqining 5 baravaridan 10 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha;

Shu huquqbuzarliklar bir yil davomida takror sodir etilganda — shu huquqbuzarlikni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining10 baravaridan 15 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — 15baravaridan 20 baravarigacha jarima solinadi.

Shu huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi ikki marta qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganda —fuqarolarga eng kam ish haqining 15 baravaridan 20 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — 20 baravaridan 25 baravarigacha miqdorda jarima solinadi yoxud uch yilgacha muddatga ov qilish huquqidan mahrum etiladi.

Tegishli ruxsati bo‘lmay turib yoki taqiqlangan joylarda yoxud taqiqlangan muddatlarda, taqiqlangan qurollar bilan ov qilinganida yoki baliq ov quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining 15 baravaridan 20 baravarigacha (3.040.950 so‘mdan 4.054.600 so‘mgacha), mansabdor shaxslarga esa — 20 a baravaridan 25 baravarigacha (4.054.600 so‘mdan 5.068.250 so‘mgacha) miqdorda jarima solinadi yoxud uch yilgacha muddatga ov qilish huquqidan mahrum etiladi.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun muqaddam Qoraqalpog‘istonda jayronlarni ovlagan noqonuniy ovchilar haqida xabar berilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring