Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nobel mukofoti sovrindori O‘zbekistonda «texnologik tadbirkorlik»ni rivojlantirishni taklif etdi

Nobel mukofoti sovrindori O‘zbekistonda «texnologik tadbirkorlik»ni rivojlantirishni taklif etdi

Joriy yilning 4-noyabr kuni Isroil texnologiya institutining «Materialshunoslik va injineriya» kafedrasi professori, Nobel mukofoti sovrindori Dan Shextman Toshkent kimyo texnologiya institutiga tashrif buyurdi. Bu haqda institut matbuot xizmati xabar berdi. 

Dan Shextman 2004-yildan beri Ayova universitetining Eyms laboratoriyasida faoliyat yuritmoqda. Isroillik fizik va kimyogar, «kvazikristal»larni kashf yetgani bois 2011-yilda kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti sovrini bilan mukofotlangan.

Dan Shextman Toshkent kimyo texnologiya instituning yosh mutaxassislari, bakalavr, magistrant va doktorantlari uchun «Demografiya, texnologik tadbirkorlik va O‘zbekistonning kelajagi» mavzusida taqdimot o‘tkazdi. Taqdimot davomida Dan Shextman bugungi kunda iqtisodiyotga olimlar ham o‘z xissasini qo‘shishi uchun «texnologik tadbirkorlik» bilan shug‘ullanishlarini taklif qildi.

Tashrif davomida Dan Shextman institutning ilmiy laboratoriyalari bilan yaqindan tanishdi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring