Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nishonga urilgan o‘q: taniqli rassomdan zaharxanda karikaturalar

Nishonga urilgan o‘q: taniqli rassomdan zaharxanda karikaturalar

Foto: Sergey Yolkin karikaturasi

Rossiyalik taniqli karikaturachi Sergey Yolkin o‘z rasmlarida dunyo siyosatiga xos turli illatlarni fosh etadi. Uning karikaturalarini tomosha qilaturib, zaharxanda kulgi sasini eshitgandek bo‘lasiz.

Sergey Yolkin

Quyida «hayotga qora ko‘zoynak ortidan boquvchi» ijodkorning ayrim karikaturalari e’tiboringizga havola etilmoqda. Rassom ijodi bilan ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifasida to‘liq tanishish mumkin.

O‘z boshiga balo orttirgan bosh vazir. Buyuk Britaniyaning Yevroittifoqdan chiqishi oson kechmayotir.

«Shaharda qizillar!» AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaning «Katta sakkizlik»ka qaytishiga xayrixohlik bildirmoqda.   

 

«Maddohning oshig‘i olchi» yoxud xushomad ko‘pincha omad keltiradi.

«Ko‘zing och, odamzod!» Global isish muammosi sabab Yer sayyorasining sabr choynagi, yo‘g‘-ye, sabr kosasi to‘lmoqda.

«Ajdar ham yig‘lar». AQSh–Xitoy savdo urushida Huawei shirkati kattagina talafot ko‘rayotir.

«Internet va insoniyat». Cuv topilmasa topilmasin, ammo Wi-Fi uzilib qolmasin!

 

«Tuya hammomni orzu qilibdi». AQSh prezidenti Donald Tramp Daniyaga tegishli Grenlandiya orolini sotib olmoqchi bo‘ldi.

S.Salim tayyorladi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring