Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nima ko‘rish qobiliyatini pasaytiradi?

Nima ko‘rish qobiliyatini pasaytiradi?

Foto: «Fishki.cc»

Hatto ko‘zlaringiz bir umr yaxshi ko‘rgan bo‘lsa ham, ko‘rish qobiliyatini pasaytiruvchi sabablar bor. «Rambler» mazkur dardning eng keng tarqalgan sabablariga to‘xtaladi.

Ko‘z mushaklari faol ishlamaydi

Buyumlarni qanday ko‘rishimiz ko‘r to‘r pardasi (ko‘zning yorug‘likka sezgir qismi) va ko‘z gavhari o‘zgarishi (ko‘z ichidagi maxsus linza: uzoq-yaqindagi buyumlarga qaraganimizda goh tekislanadi, goh bo‘rtib chiqadi)ga bog‘liq. Agar odam kitob yoki kompyuter ekraniga muntazam termulib o‘tiraversa, ko‘z gavharini boshqaradigan mushaklar ishlamaydi. Buning oqibatida ular sustlashib qoladi va ko‘rish qobiliyati yomonlashadi. Ko‘z mushaklarini shug‘ullantirish nihoyatda muhim — nigohingizni galma-gal olis va yaqindagi buyumlarga qarating. Mashqni kuniga 1-2 marta bir necha daqiqadan takrorlang.

Ko‘z to‘r pardasi ham qariydi

Ko‘z to‘r pardasi hujayralarida yorug‘likka ta’sirchan pigment bor — u ko‘rishimizga yordam beradi. Biroq yosh o‘tgan sari u o‘zgaradi va bu ko‘z o‘tkirligiga ta’sir o‘tkazadi. A vitamini qarish jarayonini sekinlashtiradi, shu bois tanada uning miqdorini nazorat qilish muhim. Tarkibida A vitamini bo‘lgan mahsulotlarni ko‘proq iste’mol qiling: sabzi, sut, go‘sht, baliq, tuxum, chernika. Unutmang, bu vitamin faqat yog‘da eriydi, shu bois uni foydali sanalgan yog‘li mahsulotlar bilan birga iste’mol qilish darkor.

Qon aylanishi yomonlashadi

Qon tomirlar tanadagi barcha a’zolar, jumladan, ko‘z to‘r pardasi hujayralarining oziqlanishi va nafas olishiga javob beradi. Shifokor ko‘z tubiga qaraganda bu jarayonlar buzilganmi yoki yo‘qmi tekshiradi. Noxushlik aniqlanganda qon tomirlar holatini yaxshilovchi preparatlar buyuriladi. Ushbu vaziyatda saunada ko‘p qolib ketish hamda bosim o‘zgarishlaridan saqlanish muhim.

Ko‘z yorug‘lik o‘zgarishlaridan qattiq zo‘riqadi

Bu yorug‘lik o‘zgarishlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Negaki ko‘z to‘r pardasi haddan tashqari yorug‘likdan ham, o‘ta qorong‘ilikdan ham aziyat chekadi. Ayniqsa, quyosh kuchli zarar yetkazishi mumkin: shuning uchun quyoshdan saqlovchi qora ko‘zoynak taqish va qorong‘ida kitob o‘qimaslik shart.

Ko‘z shilliq qavati qurib qoladi

Ko‘z qurishidan muntazam qiynaladigan bo‘lsangiz, oftalmologga murojaat qiling: u mazkur muammoni hal qilishga yordam beradigan tomchi dorilar yozib beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring