Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

NEXIA R3 eng xaridorgir avtomobil bo‘ldi

NEXIA R3 eng xaridorgir avtomobil bo‘ldi

Foto: «UZAUTO MOTORS »

Qozog‘istonda eng ko‘p sotilayotgan avtomashinalar Top-10ligida Nexia R3 birinchi pog‘onada qayd etildi. Yanvar oyida ushbu mamlakatda 449 ta shu modeldagi mashina sotildi. Bu haqda UZAUTO MOTORS matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 2020 yilning yanvar oyida Qozog‘istonning avtomobil bozorida sotuvlar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20 foizga oshgan.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda Ravon brendi ostida avtomobillar savdosi 2019 yilning martidan qayta tiklandi. O‘tgan yil davomida Qozog‘istonda 3536 ta Ravon Nexia R3 avtomobili sotilgan. Shu bilan birga, 2019 yil sentyabr-oktyabr oylarida Nexia mamlakatdagi eng ko‘p sotilgan uchta mashinadan biri edi va yangi yilda u sotuv peshqadamiga aylandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring