Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Nexia-3» hamda «Spark» haydovchilariga chora ko‘rildi (video)

«Nexia-3» hamda «Spark» haydovchilariga chora ko‘rildi (video)

Foto: Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlarda «Bu qanday tartibsizlik, bularga qanday jarimalar belgilanadi?» izohi bilan tarqatilgan video yuzasidan Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati ma’lumot berdi.

Unda qayd etilishicha, yo‘lning qatnov qismida yo‘l harakati ishtirokchilarining hayotiga xavf solib, ularning erkin harakatlanishiga xalaqit beruvchi harakatlarni amalga oshirgan holda, keng muhokamalarga sababchi bo‘lgan «Nexia-3» hamda «Spark» rusumli avtomashinalar haydovchilariga qonuniy chora ko‘rilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu holatni Qibray tumani Salar Sh.F.Y yashovchi haydovchi J. Hotamov sodir etgan. Unga nisbatan Toshkent viloyati IIBB YHXB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1285-moddasiga asosan, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, EKIHning 10 barobari, ya’ni 2 mln 230 ming so‘m jarima qo‘llanildi. Avtomashina hozirda vaqtinchalik jarima maydonida qo‘yilgan.

Qolaversa, ushbu haydovchi joriy yil davomida 15 marotaba yo‘l harakati qoidalarini buzganligi, o‘tgan davr mobaynida tezlikni oshirishi natijasida 4 marotaba fotoradarlarga tushib, 60 kun muddat ichida belgilangan jarimalarni o‘z vaqtida to‘lamasdan yurganligi ham ma’lum bo‘lgan.

Shuningdek, videotasvirdagi «Spark» rusumli avtomobilga ham tegishli chora ko‘rilishi uchun holat yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar yakuni, qaror qabul qilinishi uchun Toshkent shahar IIBB YHXBga yuborilib, belgilangan tartibda chora ko‘rilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring