Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda Qizil kitobga kiritilgan jayronlar o‘ldirildi

Navoiyda Qizil kitobga kiritilgan jayronlar o‘ldirildi

Foto: uznature.uz

Joriy yilning 30-sentyabr – 2-oktyabr kunlari Navoiy viloyati Tomdi tumani cho‘l hududlarida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi inspektorlari tomonidan reydlar o‘tkazilgan.

Reyd davomida Tomdi tumani «Suvketti» hamda «Keregetau» ovul fuqarolar yig‘inida yashovchi 1979 yilda tug‘ilgan A. Z. va 1991 yilda tug‘ilgan A. A. o‘zlariga tegishli bo‘lgan «Ural»  hamda «UAZ» rusumli moto va avto texnikalari yordamida cho‘l hududida O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan ikki bosh jayron hamda uch dona quyonni otib o‘ldirganligi aniqlandi.

Bu holat yuzasidan surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda, deyiladi qo‘mita axborotida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring