Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda Afg‘onistonda yashayotgan etnik o‘zbeklar uchun kitob yig‘ildi

Navoiyda Afg‘onistonda yashayotgan etnik o‘zbeklar uchun kitob yig‘ildi

Foto: Xabar.uz

Joriy yilning 20 sentyabr kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyat Kengashi hamda shahar Kengashi hamkorligida Navoiy shahar «Yoshlar markazi»da «Ezgulikka hissangni qo‘sh!» shiori ostida «Tinchlik uchun» xalqaro xayriya aksiyasi tashkil etildi.

Ushbu aksiyaning tashkil etilishidan asosiy maqsad Afg‘oniston Islom Respublikasida yashovchi ota-ona qaramog‘isiz qolgan, og‘ir sharoitlarda yashayotgan etnik o‘zbeklar yoshlarining muammolariga keng jamoatchilik e’tiborini qaratish hamda ularni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Aksiyada Navoiy shahri Mudofaa vazirligiga qarashli safarbarlik chaqiruv rezervi batalonining 400 nafardan ortiq harbiy xizmatchilari, umumta’lim maktablarining boshlang‘ich tashkilot yetakchilari hamda o‘quvchilari ishtirok etdi. Shuningdek, aksiya doirasida kitoblar ko‘rgazmasi, konsert dasturi tashkil etildi.

Xayriya aksiyasi natijasida ko‘ngillilar tomonidan 60 dona lotin grafikasidagi o‘zbek tilidagi badiiy adabiyot namunalari, o‘quv darsliklari va 40 dona o‘quv qurollari hadya qilindi.

Aksiya doirasida kelib tushgan barcha jihozlar O‘zbekiston Respublikasining Afg‘oniston Bosh konsulxonasi yordamida «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati orqali Afg‘oniston Islom Respublikasiga jo‘natiladi.

O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan «Tinchlik uchun» xalqaro xayriya aksiyasi Respublikamizning barcha viloyatlarida davom etmoqda.

O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi

axborot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring