Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiy viloyati hokimi aloqachilarni bayram munosabati bilan taqdirladi

Navoiy viloyati hokimi aloqachilarni  bayram munosabati bilan taqdirladi

Foto:«Xabar.uz»

Bugun dunyo bilan tenglashayotgan aloqa xodimlarining kasb bayrami. Navoiy shahridagi «Yoshlar» markazida  viloyat hokimligi rahbarligida tashkil etilgan tantanali  bayram tadbiriga viloyatdagi  400 dan ortiq aloqa xodimlari to‘plandi.

Bayram tadbirida Navoiy viloyati hokimi, senator Qobuljon Tursunov fidoiy kasb egalarini bayram bilan samimiy qutladi va «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi Navoiy filiali xodimlaridan 7 nafari  viloyat hokimining Faxriy yorlig‘i hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Ular orasida     Salohiddin  Xadjamov,  Quvandiq  Bisenbayev,  Ixtiyor Jumayev,  Hayit Jo‘rayev, Olimjon Boymatov,  Dadaxon Raimov,  G‘ayrat Ergashev   kabi o‘z kasbining fidoiylari bor.

— Hozirda esa intensiv texnologik o‘zgarishlar asrida, O‘zbekistonda innovatsion texnologiyalarni joriy qilish va rivojlantirishda aloqa sohasi xodimlari hissasi beqiyosdir, — deydi O‘zbekiston Respublikasi Axborot  texnologiyalari va kommunikatsiyalarini  rivojlantirish vazirligining Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i F. Teshayev.

Mamlakatimizda internetga keng polosali ulanish, WI-FI, WI-MAX, 3G va 4G aloqasi kabi yangi aloqa texnologiyalari, shuningdek operativlikni oshirish, axborot almashuvini yanada rivojlantirish uchun elektron hujjat aylanish tizimi videokonferensaloqa va boshqa texnik vositalar keng joriy qilinmoqda. -Viloyatimiz bo‘yicha  optik tolali aloqa liniyalarning umumiy uzunligi 2019-yil 1-chorakda 515,3 km.ni  tashkil etdi.

2019-yil davomida viloyatimizdagi umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim muassasalari hamda sog‘liqni saqlash ob’yektlariga qadar 130 km.dan ortiq optik tolali aloqa kabeli tortilib, zamonaviy texnologiya asosida xizmat ko‘rsatib kelinmoqda. 

— Hozirgi kunda «O‘zbektelekom» Aksiyadorlik kompaniyasi Navoiy filiali 64300 ta abonentlarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda, — deydi  «O‘zbektelekom» AK Navoiy filiali direktori Jamshid Jo‘rayev. — Shundan 55900 tasi aholi va 8400 tasi korxona va tashkilotlar hisobiga to‘g‘ri keladi. 

Biz ham mehnatingizdan qadr va farog‘at topish baxti  hamda  kasb bayramingiz muborak bo‘lsin, deymiz.

Marusa Hosilova

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring