Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda «saratonga davo» ekanligi aytilgan suv iste’molga yaroqsiz bo‘lib chiqdi

Namanganda «saratonga davo» ekanligi aytilgan suv iste’molga yaroqsiz bo‘lib chiqdi

Foto:«Human.uz»

Namangan viloyati, Chust tumanidagi fermer dalasidan «buloq» chiqqan va uning suvi shifobaxshligi uchun minglab odamlar shu yerga oqib kelayotgani ma’lum bo‘lgandi. «Shifobaxsh» suvdan ichish uchun uzoq viloyatlardan ham odamlar kelayotgani aytilayotgandi.

Telegramdagi «Vodiy bozor» kanalida xabar berilishicha, yer ostidan chiqqan suv Namangan viloyati davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi tomonidan iste’molga yaroqsiz deb topilgan. Ma’lum bo‘lishicha, bu hech qanday buloq emas, fermer tomonidan yerni sug‘orish uchun chiqarilgan artezian suvi bo‘lgan. 

Kuni kecha bu «buloq»dan suv chiqishi to‘xtagani va bir necha kundan so‘ng yana suv kelishi haqida xabar berilgandi. 

«Kecha biz ham Chust tumaniga borganimizda suv chiqishi to‘xtatilgan va suvdan namuna sifatida Sanitariya-epidemiologiya stansiyasiga yuborilganligini aytishgan edi. Bugun Chustda topilgan shifobaxsh suv SES tomonidan iste’molga yaroqsiz deb topilibdi» deyiladi xabarda.

Foto: «Vodiy bozor»

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring