Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda chaqaloqlarni qasddan o‘ldirish jinoyati sodir etildi

Namanganda chaqaloqlarni qasddan o‘ldirish jinoyati sodir etildi

Shu yilning 9-sentyabr kuni soat taxminan 04:30 larda Namangan tumani tibbiyot birlashmasining tug‘ruq kompleksiga qarashli binoning orqa xovlisidan fuqaro D.X. (1996-y.t.) va M.T. (1997-y.t.) larning 02.09.2019-yilda tug‘ilgan qiz chaqaloqlari tirik holda topilib, jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan, biroq, shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan chaqaloqlar vafot etishgan. Bu haqda Bosh Prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Aniqlanishicha, 09.09.2019-yil soat taxminan 03:30 larda fuqaro D.X. 02.09.2019-yilda tug‘ilgan farzandini oldiga kirib, uni oyoqlari notekis (nuqsonli) tug‘ilganligidan achchiqlanib, undan qutilish maqsadida o‘z chaqalog‘i bilan birgalikda, kelgusida sodir etayotgan qilmishi fosh bo‘lib qolishini oldini-olish maqsadida shu xonada yotgan M.T.ning qiz chaqalog‘ini ham olib, deraza oynasi orqali ularni tug‘ruq kompleksining 2-qavatidan pastga uloqtirib yuborgan. Oqibatda chaqaloqlar og‘ir tan jarohatlari olishgan.

Mazkur holat yuzasidan 09.09.2019 yilda tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro D.X.ga nisbatan JKning 97-moddasi 2-qismi «a,v» bandlari hamda tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘ruq kompleksi mas’ul shaxslariga nisbatan 116-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. D.X. protsessual tartibda ushlangan.

Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring