Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Museveni: «Prezidentlik yosh tanlamaydi»

Museveni: «Prezidentlik yosh tanlamaydi»

Foto: «VladTaym»

O‘z yurtidagi «kichik g‘alaba»dan ilhomlangan Uganda prezidenti Yoveri Museveni Afrika mamlakatlariga yuzlandi va... davlat rahbarlari uchun yosh chegaralarini (tepadan...) olib tashlashga chaqirdi.


«Kichik g‘alaba»

Bir oycha ilgari Uganda Oliy sudi parlamentning mamlakat prezidentidan yosh chegarasini olib tashlash qarorini qo‘llab-quvvatladi. Ma’lumot uchun: Yoveri Museveni Uganda prezidentlik «taxti»ga o‘tirganiga 33 yildan oshdi.


Yoveri Musevenining fikricha, prezidentlik faoliyati muddatlari cheklanishiyu davlat rahbari uchun «pensiya yoshi»ning konstitutsiyalarda mustahkamlab qo‘yilishi oqibatida Afrika mamlakatlari iste’dodli va tajribali yetakchilaridan mosuvo bo‘lmoqda. Bu haqda Tanzaniyaning «ZanzibarLeo» yangiliklar nashri yozmoqda.

Museveni 88 yoshli inson boshqarayotgan Tunisni ibrat qilib ko‘rsatdi: Afrika mamlakatlarini keksalar boshqarishi — eng oqilona yo‘l.

Aytmoqchi, 74 yoshli Museveni 2021-yilgi prezidentlik saylovlariga taraddudni boshlab yuborgan, agarda g‘alaba qozongudek bo‘lsa (buning ehtimoli katta), Afrikaning rekordchi prezidentlaridan biriga aylanadi.

Uganda parlamenti Museveni prezidentlik saylovlarida qatnashishiga imkoniyat yaratish uchun konstitutsiyaga ikki marta o‘zgartirish kiritgan: 2005-yili prezidentlik muddatiga cheklov, 2017-yili prezident yoshiga qo‘yilgan cheklov (75 yosh) olib tashlangan.

Kezi kelganda Museveni Ugandani korrupsiya botqog‘idan tortib olib, to‘g‘ri rivojlanish yo‘liga qo‘ya olganini e’tirof etmaslik adolatdan bo‘lmas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring