Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muhim xabar! O‘zbekiston oktyabrdan chegaralarini ochmoqda

Muhim xabar! O‘zbekiston oktyabrdan chegaralarini ochmoqda

Foto:«Xabar.uz»

1-oktyabrdan O‘zbekistonga aviatsiya, temir yo‘l va avtoyo‘l o‘tkazish punktlari orqali kirib-chiqishga taqiq bekor qilinadi.

Bu haqda Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi axborotida ma’lum qilingan.

Qo‘shimcha: 1-oktyabrdan xalqaro turizmga cheklovlar ham bekor qilinadi. Koronavirusni aniqlash testining manfiy natijasi bo‘lgan turistlar 14 kunlik karantinda o‘tirishi shart bo‘lmaydi.

Eslatib o‘tamiz, yurtimizda koronavirus qayd etilgan birinchi kundayoq (15-mart) chegaralarni yopish amaliyoti boshlangan edi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring