Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mirjalol Qosimov qo‘pol muomalasi tufayli jazolandi

Mirjalol Qosimov qo‘pol muomalasi tufayli jazolandi

Foto: PFL

AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov bitta o‘yinga Superligadan chetlatildi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Superliganing 14-turi doirasidagi «Metallurg» – AGMK uchrashuvida ko‘plab bahsli vaziyatlar ro‘y berdi va muxlis-u mutaxassislarning bahs-munozalariga sabab bo‘ldi. O‘FA tartib intizom qo‘mitasi ushbu uchrashuv yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi va o‘yindagi barcha vaziyatlarni sinchkovlik bilan o‘rganib chiqdi.

Natijada, AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov uchrashuv bosh hakami Shavkat Nasibullayevga ochiqchasiga e’tiroz bildirib, unga nisbatan qo‘pol muomalada bo‘lgani uchun Superliganing 1 uchrashuviga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.

Uchrashuv bosh hakami Shavkat Nasibullayev ishida esa o‘yin tizginini qo‘ldan chiqarish, ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘yish kabi kamchiliklar aniqlandi. Ushbu holatlarni inobatga olgan holda tartib intizom qo‘mitasi Nasibullayevni 4 uchrashuvga chetlatdi va jarimaga tortdi.

O‘yinga har tomonlama professional darajada tayyorgarlik ko‘rmaganligi aniqlangan ushbu hakam, shuningdek, qo‘yi ligaga tushirildi.

O‘FA hamda PFL hakamlar, murabbiy va futbolchilar, shuningdek, futbol uchrashuvlarida ishlaydigan barcha mas’ul xodimlarni professionallik, o‘zaro hurmat hamda intizom normalariga qat’iy rioya qilishga chaqiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring