Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mirabror Usmonovning hayoti uchun shifokorlar kurashmoqda

Mirabror Usmonovning hayoti uchun shifokorlar kurashmoqda

Foto: Google Images

O‘z vaqtida O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston futbol federatsiyasini boshqargan sobiq rahbar Mirabror Usmonov 12 mart kuni reanimatsiya bo‘limiga olib ketilgan. Bu ma’lumotni «Daryo»ning Sog‘liqni saqlash tizimidagi manbalari tasdiqladi.

Mirabror Usmonov o‘pka va nafas yo‘llari bilan bog‘liq xastalik sabab klinikaga keltirilgan. Hozirda uning ahvoli og‘ir va shifokorlar uning hayotini saqlab qolish uchun kurashmoqda.

Mirabror Usmonov 2006 yildan 2017 yilgacha O‘zbekiston futbol federatsiyasini boshqargan edi. 2013 yildan 2017 yilgacha Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring