Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun Minskda Belarus va O‘zbekiston forumi bo‘lib o‘tadi

Bugun Minskda Belarus va O‘zbekiston forumi bo‘lib o‘tadi

Bugun Minskda Belarus va O‘zbekiston regionlari forumi bo‘lib o‘tadi. Forum davlatlararo aloqalarning rivojlanish omili bo‘lmish mintaqalar hamkorligiga bag‘ishlangan. Bu haqda Belarusning «Belta» nashri yozmoqda. 

Bugun forum maydonchalarida mintaqalararo hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvlar paketi, shuningdek, tijoriy shartnomalar imzolanishi kutilmoqda.

Forum kunlari Belarus poytaxtida o‘zbek tovarlari ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tadi. Bundan tashqari 29 iyul kuni Minskda o‘zbek shoiri Alisher Navoiy byusti ochildi. Tadbirda mintaqalar, vazirliklar va idoralar, parlamentlar vakillari, ikki davlatning ishchi doiralari ishtirok etadi. O‘zbekiston delegatsiyasiga Oliy Majlis Senati raisi o‘rinbosari Sodiq Safoyev boshchilik qiladi. O‘zbekiston tomonidan Andijon, Buxoro, Jizzax, Namangan, Samarqand, Xorazm, Farg‘ona va Toshkent viloyatlari taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Forum O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belarusga rasmiy tashrifiga bag‘ishlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring