Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliy gvardiya «G‘urumsaroy»da mashg‘ulot o‘tkazdi (foto)

Milliy gvardiya «G‘urumsaroy»da mashg‘ulot o‘tkazdi (foto)

Foto: Milliy gvardiya  matbuot xizmati

O‘zbekiston Milliy gvardiyasi hududiy bo‘linmalarida o‘quv mashg‘ulotlar davom etmoqda.

Milliy gvardiya  matbuot xizmatiga ko‘ra, Namangan viloyatida joylashgan «G‘urumsaroy» dala o‘quv maydonida o‘tkazilayotgan o‘quv mashg‘ulotlarida bo‘linmalarning yuqori jangovar shayligi holatini hamda harbiy xizmatchilarning turli vaziyatlarda psixologik tayyorgarligini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilgan.

Bundan ko‘zlangan maqsad harbiy xizmatchilarning zamonaviy qurol-yarog‘lardan mohirlik bilan foydalana olish hamda amaliyotda professional darajada harakatlanish ko‘nikmalarini yangi bosqichga ko‘tarishdan iborat.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring