Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliy bank yosh kadrlarni ishga jalb qilmoqda

Milliy bank yosh kadrlarni ishga jalb qilmoqda

Foto: O‘zmilliybank matbuot xizmati

Hammamizga ma’lum, yurtimizda milliy oliy yuridik ta’limni modernizatsiyalash, mazkur sohaga xalqaro ta’lim standartlari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, ta’lim olayotgan yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash bo‘yicha samarali tizimni yaratish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

So‘nggi yillarda yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini namoyon qilish, ularning fuqarolik javobgarligini va olib borilayotgan islohotlarga daxldorligini oshirish hamda mehnat bozorining yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, kasbga o‘qitishni ishlab chiqarish amaliyoti bilan integratsiyalashtirish, kasbiy bilim va ko‘nikmalarni baholashning xalqaro tizimini joriy etishborasida ulkan ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Joriy yilning 2 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki hamda Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda bakalavr va magistr talabalari uchun davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda 82 ta bakalavr yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar va 7 nafar magistrantlar, shu bilan birga, Toshkent davlat yuridik universitetining rektori va O‘zmilliybank departamenti rahbari ishtirok etdi.

Toshkent davlat yuridik universitetining yuqori natijalarga erishgan talabalarini o‘qishning yakuniy bosqichini bevosita amaliyotda o‘tkazish va keyinchalik egallagan kasblari bo‘yicha ishga joylashtirishni nazarda tutgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki yosh kadrlarni ishga jalb qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring