Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliy bank ekologik toza paketlar ishlab chiqarish uchun pul ajratadi

Milliy bank ekologik toza paketlar ishlab chiqarish uchun pul ajratadi

Foto: Google.com

Janubiy Koreyaning kompaniyasi O‘zbekistonda bioparchalanuvchi mahsulotlar ishlab chiqaradi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va Janubiy Koreyaning «Seojin Industry» kompaniyasi delegatsiyasi o‘rtasida kechgan uchrashuvda aytib o‘tildi.

Yig‘ilishda asosiy e’tibor O‘zbekiston Respublikasida «Seojin Industry» kompaniyasi texnologiyalari asosida bioparchalanuvchi (tez parchalanuvchi) granulalar, paketlar va boshqa turli mahsulotlarni ishlab chiqarish va o‘zaro hamkorlikka qaratildi. Ushbu loyihada O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Bioparchalanuvchi granula, bir martalik idishlar va boshqa shu kabi mahsulotlar Janubiy Koreya respublikasining o‘zi uchun ham yangilik edi. U so‘nggi 5-6 yil ichida asta-sekinlik bilan rivoj topdi. Bioparchalanuvchi mahsulot tarkibining 40 foizini makkajo‘xori kraxmali yoki kartoshka kraxmali tashkil qilib, u tez parchalanuvchi material hisoblanadi.

Bugungi kunda dunyo miqyosida plastik mahsulotlar va ularni qayta ishlash dolzarbligicha qolmoqda. Aynan, bioparchalanuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchi mazkur texnologiya bir qator koreyalik kompaniyalar tomonidan yaratildi.

Uchrashuv davomida «Seojin Industry» kompaniyasi O‘zbekistonda bioparchalanuvchi granulalar, paketlar va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha laboratoriya tashkil etish taklifini ilgari surdi. Bunda, ishlab chiqarish jarayonida 100 foiz milliy xom ashyodan foydalanishni yo‘lga qo‘yish e’tirof etildi.

Taklif etilayotgan mazkur investitsiya loyihasining qiymati 18 mln. AQSh dollarini tashkil etadi. Shundan 3 mln. AQSh dollari «Seojin Industry» kompaniyasi tomonidan berilishi kutilmoqda. Yana 15 million AQSh dollari esa O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan ajratiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring