Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Microsoft» uchta ekranga ega egiluvchan smartfonni patentladi

«Microsoft» uchta ekranga ega egiluvchan smartfonni patentladi

Foto: «Tech4fun»

«Samsung» kabi egiluvchan smartfonlarni patentlayotgan yagona kompaniya — bu «Microsoft». Patent uchun topshirilgan yangi arizada teng ikkiga buklanuvchi uchta ekranga ega qurilmaning ta’rifi keltirilgan, deb xabar berdi «4PDA».

Izohga ko‘ra, «Microsoft»ning egiluvchan smartfonida qurilmani ikkiga ajratib turuvchi ikkita katta displey va ikkita qism orasiga sharnir ustida ko‘ndalang joylashgan displey bo‘ladi. Mazkur ingichka ekranda boshqa displeylarga bog‘liq ma’lumotlar namoyish etiladi. Qiziq jihati shundaki, kontent to‘g‘ridan-to‘g‘ri gadjetning ikki yarmi bir-biriga nisbatan qanday joylashganiga bog‘liq bo‘ladi.

Shu orqali «Microsoft» egiluvchan smartfonlarning asosiy muammolaridan birini — egilish vaqtida displeyning yemirilishini hal etdi. Ammo foydalanuvchi ushbu qurilmadan to‘liq ekranli katta smartfon sifatida foydalana olmaydi.

«Microsoft»ga tegishli egiluvchan smartfonlar qachondan savdoga chiqishi hozircha noma’lum.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring