Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

MIBchilar g‘aroyib «ulanish»ni aniqladi: bunaqasi bo‘lganmas...

MIBchilar g‘aroyib «ulanish»ni aniqladi: bunaqasi bo‘lganmas...

Foto: «Xabar.uz»

Majburiy ijro byurosining Shofirkon tuman bo‘limi xodimlari elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanishning antiqa usulini aniqlashdi.

Tumanning «Rabotcha» qishlog‘ida istiqomat qiluvchi U.H. nima qilibdi deng? U uyining shundoq tumshug‘idagi simyog‘ochning beton ustun bilan biriktirilgan joyi orasidan 3 fazali elektr kabellarini o‘tkazib, uni yer ostidan uyigacha tortib keladi. Ko‘z ilg‘mas bu «ixtiro» xonadon egasiga elektr energiyasidan tekin foydalanish imkonini berib kelgan.

Biroq hisobni bo‘ri yegani yo‘q. Holat aniqlanib, hisob-kitob qilingandiki, bunday o‘zboshimchalik natijasida davlat manfaatlariga 95.976.000 so‘mlik zarar yetibdi.

Mazkur holat yuzasidan U.H. nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tegishli harakatlar olib borildi, albatta. Biroq sudda jinoyat ishi tugatildi.

Nega?

Chunki, zarar qoplandi, fuqaroviy da’vogarga shu kerak-da. Zarar qoplanib, hech kimda da’vo qolmagach, shaxsni javobgarlikka tortishda ne ma’no?!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring