Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Messidan omad yana yuz o‘girdi. Argentina Braziliyadan mag‘lub bo‘ldi

Messidan omad yana yuz o‘girdi. Argentina Braziliyadan mag‘lub bo‘ldi

Amerika Kubogining yarim finalidan o‘rin olgan Braziliya va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z yakuniga yetdi. Ushbu bahsda mezbonlarning qo‘li baland keldi.

Uchrashuv kutilganidek maydon egalarining hujumlari bilan boshlandi, ketma-ket urinishlar 19-daqiqada o‘z samarasini berdi. Dani Alves maydon markazida to‘pni qabul qilib oldi va himoyachilarni chiroyli tarzda ortda qoldirib, o‘ng qanotdagi Roberto Firminoni to‘p bilan ta’minladi, Firminoning jarima maydoniga uzatmasini Gabriel Jezus gol bilan yakunladi.

Tanaffusga qadar har ikki jamoada ham yana bir qator imkoniyatlar yuzaga keldi, biroq birinchi bo‘limda boshqa gol bo‘lmadi. Ikkinchi bo‘limni ham jamoalar faol boshlashdi.

71-daqiqada braziliyaliklar qarshi hujumni golga aylantirishdi: Jezus o‘z yarim maydonida to‘pni qabul qilib oldi va himoyachilarni ortda qoldirgan holda jarima maydoniga yorib kirib, yolg‘iz turgan Firminoga to‘pni uzatdi. Roberto esa bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qilishda adashmadi.

Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi va braziliyaliklar musobaqa finaliga yo‘l olishdi. Yarim finalning yana bir bahsida Chili va Peru terma jamoalari kuch sinashadi.

Amerika Kubogi, yarim final
Braziliya – Argentina 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 19 Gabriel Jezus, 2:0 – 71 Firmino.
Braziliya – Alisson, Tiago Silva, Markinos (Miranda, 64), Aleks Sandro, Dani Alves, Kazemiro, Artur, Koutino, Firmino, Gabriel Jezus (Allan, 80), Everton (Villian, 46).
Argentina – Armani, Foyt, Talyafiko (Dibala, 85), Otamendi, Akunya (Di Mariya, 59), de Paul (Lo Chelso, 67), Paredes, Petsselya, Aguero, Martines, Messi.
Ogohlantirishlar: Talyafiko (9), Akunya (40), Dani Alves (40), Foyt (56), Martines (58), Allan (82).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring