Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Messi Neymardan «Real»ga o‘tmaslikni iltimos qildi

Messi Neymardan «Real»ga o‘tmaslikni iltimos qildi

Foto: Shampionat.com

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi «PSJ»dan Neymarni sotib olish bo‘yicha olib borilayotgan muzokaralarda ishtirok eta boshladi. U braziliyalik hujumchi bilan aloqada bo‘lib turibdi.

Xabar qilinishicha, Messi Neymarga qo‘ng‘iroq qilgan va undan «Real»ga o‘tmaslikni iltimos qilgan. Argentinalik hujumchi Neymar «Barselona»ga qaytishini istamoqda.

Biroz vaqt muqaddam Neymarni sotib olish borasida «Real» yetakchilik qilayotgani aytilgan edi. Chunki «PSJ» rahbariyati «Barselona» bilan yomon aloqada bo‘lgani bois Neymarni kataloniyaliklarga sotishni istamayapti. Eslatib o‘tamiz, braziliyalik hujumchi 2013 yildan 2017 yilga qadar «Barselona» sharafini himoya qilgan edi.

27 yoshli Neymar o‘tgan mavsum 28 uchrashuvda maydonga tushgan va 23 ta gol urib, 13 ta golli uzatmani amalga oshirgan edi. Uning «PSJ» bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar davom etishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring