Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Messi: «Korrupsiya va hakamlar finalga chiqishga yo‘l qo‘ymadi. Bularning barchasi Braziliya uchun tashkil qilingan»

Messi: «Korrupsiya va hakamlar finalga chiqishga yo‘l qo‘ymadi. Bularning barchasi Braziliya uchun tashkil qilingan»

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi nima sababdan bronza medallarini topshirish marosimiga chiqmaganini izohladi.

«Medal olishga chiqmaganimning sababi, biz korrupsiyaning bir qismi bo‘lmasligimiz kerak. Biz bundan ko‘prog‘iga loyiq edik, ammo bizga finalga chiqish imkoniyatini berishmadi.

Korrupsiya va hakamlar odamlarga rohat olish imkonini bermadi. Futbol o‘ldirildi. Korrupsiya va hakamlar finalga chiqishimizga yo‘l qo‘ymadi. To‘g‘risini aytish darkor.

Amerika Kubogini Braziliya yutadi? Bunga hech qanday shubha yo‘q. Afsuski, o‘ylashimcha, bularning hammasi Braziliya uchun tashkillashtirilgan.

Umid qilamanki, hakamlar va VAR o‘yinga ta’sir o‘tkazmaydi hamda Peru raqobat hosil qila oladi. Chunki jamoa bunga qodir. Ammo bilishimcha, bunday bo‘lishi juda qiyin» , – deydi Messi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring