Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Meros» filmining katta premerasi bo‘lib o‘tdi

«Meros» filmining katta premerasi bo‘lib o‘tdi

9 may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan «Meros» badiiy filmining katta premerasi o‘tkazildi.

Premera avvalida O‘zbekiston qozoq milliy markazi faollari va vakilli o‘z chiqishlari bilan tadbirni boshlab berishdi. So‘ngra Agentlik Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, Bosh direktorning birinchi o‘rinbosari Shuhrat Rizayev, O‘zbekiston qozoq milliy markazi raisi Serikbay Usenov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan tinchlik aloqalari qo‘mitasi raisi Rustam Qurbonovlar so‘zga chiqishdi. Barchani bayram bilan qutlab, film ijodkorlariga minnatdorchilik bildirishdi.

Film rejissyori Hilol Nasimov Belorusdagi s’yomka jarayonlari va film ustida olib borilgan ishlarga qisqacha to‘xtalib o‘tdi. Undan so‘ng, «Meros» tarixiy dramasining katta premerasi taqdim etildi. Ushbu film ikkinchi jahon urushi davridagi o‘zbek va qozoq yoshlarining muhabbati haqida hikoya qiladi.

Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Hilol Nasimov, postanovkachi operator Husan Aliyev, kompozitor Dmitriy Yanov-Yanovskiy, postanovkachi rassom Fazliddin Turdiyev. Filmda Rustam Karimov, Munavvara Abdullayeva, G‘ayrat Husayinov, Bobur Aytbagambetov, Fotih Nasimov, Oysanam Yusupovalar rol ijro etishgan.

Eslatib o‘tamiz, 7 may kuni rejissyor Shuhrat Mahmudov tomonidan suratga olingan «Matonat» hujjatli filmining, rejissyor Ali Hamroyev rahbarligi ostida 4 nafar yosh kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan Zebo G‘aniyeva, Qudrat Suyunov, Inoyat Navro‘zboyev, Mamadali Topvoldiyev kabi o‘zbekistonlik urush qahramonlari haqidagi «Unutilmas qahramonlar» turkum hujjatli filmlarining ham premerasi o‘tkazildi.

«Matonat» hujjatli kinoasari va «Unutilmas qahramonlar» turkum hujjatli filmlari O‘zbekiston telekanallariga taqdim etiladi. Yurtimiz aholisi ushbu filmlarni 9 may arafasida teleekranlar orqali ham tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Shuningdek, chet el kinofondlaridan raqamlashtirilib, yurtimizga qaytarilgan «Sen yetim emassan», «Jarroh», «General Rahimov», «1941 yil olmalari», «Unutilmagan qo‘shiq» kabi 15 ta durdona asarlarning ayrimlari ilk bora to‘liq va asl holatda televideniye orqali namoyish etilishi ham rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring