Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Men ham mas’ulman». «Aloqabank»da saylov qonunchiligi targ‘iboti o‘tkazildi

«Men ham mas’ulman». «Aloqabank»da saylov qonunchiligi targ‘iboti o‘tkazildi

Foto: AT «Aloqabank»

Saylov qonunchiligi targ‘iboti oyligini o‘tkazish maqsadida AT «Aloqabank»ning katta majlislar zalida bankning bosh ofis amaliyot boshqarmasi va Mirobod filiali xodimlari uchun davra suhbati o‘tkazildi.

Markaziy saylov komissiyasining qarori bilan bir oy davomida «Saylov qonunchiligi targ‘iboti oyligi» o‘tkazish belgilanganligi munosabati bilan ushbu davra suhbatiga saylov masalalari tartibga soluvchi nomativ-huquqiy hujjatlarning mazmun mohiyati, shuningdek, saylovchilarning huquq va erkinliklarini keng tushuntirish maqsadida Markaziy saylov komissiyasi azosi B.Yunusov taklif qilindi.

Foto: AT «Aloqabank»

U o‘zining maruzasida joriy yilning 22-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan Oliy majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy kengashlari depututlariga butun xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimizning orzu-intilishlarini ifoda etishlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochishini aytib o‘tdi.

Saylovlar – bu mamlakatimizda amalda bo‘lgan huquqiy normalarning nechog‘lik demokratik ruhda ekanini namoyon etadigan, demokratik huquqiy davlatning uzviy belgisi, xalqning o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etishning, fuqarolarning davlat va jamiyat boshqruvidagi ishtirokining asosiy shakli bo‘lib, o‘ta muhim va hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Saylov jarayoni fuqarolar siyosiy faolligining oshishi, huquqiy ongi va siyosiy madaniyatining yanada yuksalishiga xizmat qiladi.

Saylovlar — fuqarolarning jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishdagi ishtirokining asosiy shakli, ularning o‘z siyosiy huquqlarini ro‘yobga chiqarish, xohish-irodasini erkin ifodalashni ta’minlashga xizmat qiladigan muhim siyosiy tadbirligini inobatga olib O‘zbekistonimizning faravon kelajagi uchun qonunlar yaratuvchi Parlament va hududlar manfaatlarini ro‘yobga chiqaradigan munosib nomzodlarni tanlashda «men ham mas’ulman» deb yondashsak yurtimiz porloq kelajagiga munosib hissa qo‘shgan bo‘lamiz, deb tadbirga yakun yasagan ma’ruzachi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring