Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mehnat vaziri yangi lavozimga ko‘tarildi

Mehnat vaziri yangi lavozimga ko‘tarildi

Sherzod Kudbiyev O‘zbekiston Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangan. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev bugun farmon imzolagan.

Shu munosabat bilan u Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimidan ozod etilgan. Kudbiyev 2018-yil apreldan beri shu lavozimda ishlab kelayotgandi.

Kudbiyevga Qahramon Quronboyev birinchi o‘rinbosar etib tayinlangan. Yoshlar ittifoqiga esa Alisher Sa’dullayev tayinlangani haqida xabar berilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring