Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Medvedev: «Afg‘onistonni inqirozdan chiqarishga qaratilgan loyihalar haqida o‘ylash lozim»

Medvedev:  «Afg‘onistonni inqirozdan chiqarishga qaratilgan loyihalar haqida o‘ylash lozim»

Foto:«Xabar.uz»

Bugun Toshkentda o‘tayotgan ShHT mamlakatlari hukumat rahbarlari uchrashuvida Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Afg‘oniston masalasiga to‘xtaldi. 

Rossiya bosh vaziri ShHTni ushbu davlatni iqtisodiy inqirozdan olib chiqishga qaratilgan aniq loyihalar haqida bosh qotirishga chaqirgan, deya xabar bermoqda «Xabar.uz» muxbiri.

«Kecha Afg‘oniston bosh vaziri janob Abdulla Abdulla bilan mamlakatda osoyishta hayotni ta’minlash borasida qilinayotgan ishlar haqida gaplashdik. Afg‘on iqtisodiyotini yuksaltirish haqida aniq-tiniq rejalar, loyihalar kerak. Afg‘oniston mintaqada faol iqtisodiy va siyosiy jarayonlar ishtirokchisiga aylanishi kerak» -, dedi Medvedev.

Avvalroq, Belorus bosh vaziri yadro xavfsizligi bo‘yicha taklif bilan chiqqani xabar berilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring