Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Masjidlarning ochilish tartibi qanday?

Masjidlarning ochilish tartibi qanday?

Foto:«Xabar.uz»

Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali masjidlarning ochilish tartibi xususida eslatdi. 

Diniy tashkilotlar Hukumat tomonidan tasdiqlangan maxsus nizomga asosan adliya organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

Mahalliy diniy tashkilotlar, shu jumladan masjidlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun hujjatlar tegishli hududiy adliya organiga taqdim etiladi.

Adliya organi tomonidan ushbu ariza uch oygacha muddatda ko‘rib chiqiladi va ro‘yxatdan o‘tkazish yoki rad etish to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, diniy tashkilotlar faqat davlat ro‘yxatidan o‘tgandan so‘nggina yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan holda o‘z faoliyatini amalga oshirishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring